TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI BAKALAVRIAT YO'NALISHIGA XORIJIY FUQAROLARNI HAMDA MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARIGA ABITURIYENTLARNI QABUL QILISH UCHUN

Elektron tizim

Hurmatli xorijiy fuqarolar!

Sizga Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga qabul qilish to‘g‘risidagi arizangizni elektron shaklda yuborish imkoniyati taqdim etilmoqda. Shu bilan birga, Sizning yuborayotgan arizangiz rasmiy maqomga ega ekanligini ham eslatib qo‘ymoqchimiz.

Shu bois, Sizdan quyidagilarga e’tibor berishingizni so‘raymiz.

1. Arizangizda familiyangiz, ismingiz, otangizning ismi, yashash joyingiz, tug‘ilgan vaqt va joyiingiz, pasport ma’lumotlaringiz, ta’lim yo‘nalishi, ta’lim tili va shakli, ma’lumotingiz, xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari va sport musobaqalarida ishtirok etganlik haqida ma’lumotni (ishtirok etilgan bo‘lsa) ko‘rsatishingiz, shuningdek suhbat o‘tkazish tartibi bilan tanishganlik to‘g‘risida belgi bo‘lishi shart.

2. Barcha hujjatlar belgilangan talablarga muvofiq taqdim etilgan taqdirda, 72 soat ichida noyob raqam berish orqali Sizning arizangiz ro‘yxatga olinadi va Sizga elektron pochta manzili bo‘yicha belgilangan muddatda hujjatlarning asl nusxalarini taqdim etish haqida xabar beriladi.

3. Shuningdek, Sizga arizani yuborganingizdan keyin 72 soat ichida quyidagi holatlarda uni ro‘yxatga olish rad etilishi mumkinligini eslatib o‘tmoqchimiz:

 ariza mazmunidagi ma’lumotlar noto‘g‘ri bo‘lganida;
 arizaga ilova qilingan hujjatlar sifati, mazmuni va texnik ko‘rsatkichlari o‘rnatilgan talablarga javob bermagan taqdirda;

Arizani ro‘yxatga olish rad etilgan taqdirda arizada ko‘rsatilgan elektron pochta manzili bo‘yicha Sizga tegishli xabarnoma jo‘natiladi.

Mazkur shartlarning barchasi O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlaridan kelib chiqqan holda belgilangan.




Hurmatli abituriyentlar (Magistratura)!

      Sizga Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul qilish to‘g‘risidagi arizangizni elektron shaklda yuborish imkoniyati taqdim etilmoqda. Shu bilan birga, Sizning yuborayotgan arizangiz rasmiy maqomga ega ekanligini ham eslatib o‘tamiz.

      Shu bois, Sizdan quyidagilarga e’tibor berishingiz so‘raladi:
arizangizda familiyangiz, ismingiz, otangizning ismi, pasport bo‘yicha doimiy yashash joyingiz, telefon raqamingiz, tamomlagan oliy ta’lim muassasangiz nomi, manzili va bitirgan yilingiz, diplom seriyasi va raqami (imtiyozli bo‘lsa ko‘rsating), hujjat topshirmoqchi bo‘lgan mutaxassisligingiz nomi, ta’lim tili, qaysi xorijiy tilni o‘rganganligingiz, pasport ma’lumotlaringiz, jinsingiz, tug‘ilgan sana va joyingiz, millatingiz, o‘qishga kirishdan oldin bajarayotgan ishingiz va umumiy ish stajingiz, ota-onangiz haqidagi hamda o‘zingiz haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlarni kiritishingiz, shuningdek imtihon o‘tkazish tartibi bilan tanishganlik to‘g‘risida belgi qo‘yishingiz lozim;

      barcha hujjatlar belgilangan talablarga muvofiq taqdim etilgan taqdirda, 72 soat ichida noyob raqam berish orqali Sizning arizangiz ro‘yxatga olinadi va bu haqda bildirishnoma yuboriladi.

Shuningdek, Sizga arizani yuborganingizdan keyin 72 soat ichida quyidagi holatlarda uni ro‘yxatga olish rad etilishi mumkinligini eslatib o‘tiladi:

 ariza mazmunidagi ma’lumotlar noto‘g‘ri bo‘lganida;
 arizaga ilova qilingan hujjatlar sifati, mazmuni va texnik ko‘rsatkichlari o‘rnatilgan talablarga javob bermagan taqdirda;
 diplom bo‘yicha mutaxassisligingiz to‘g‘ri kelmaganda.

      Arizani ro‘yxatga olish rad etilgan taqdirda arizada ko‘rsatilgan elektron pochta manzili bo‘yicha Sizga tegishli xabarnoma jo‘natiladi.

      Mazkur shartlarning barchasi O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlaridan kelib chiqqan holda belgilangan.