TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETIGA XORIJIY FUQAROLARNI QABUL QILISH UCHUN

Elektron tizim

Hurmatli xorijiy fuqarolar (BAKALAVRIAT)!

      Ushbu platforma orqali Sizda Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga qabul qilish to‘g‘risidagi arizangizni elektron shaklda yuborish imkoniyati mavjud.

      Siz yuborayotgan ushbu ariza rasmiy maqomga ega ekanligini va ariza to‘ldirayotgan vaqtda barcha ma’lumotlarni to‘g‘ri kiritishingiz kerakligini eslatib o‘tamiz.

      Barcha hujjatlar belgilangan talablarga muvofiq taqdim etilgan taqdirda, 72 soat ichida noyob raqam berish orqali Sizning arizangiz ro‘yxatga olinadi va bu haqda arizada ko‘rsatilgan elektron pochta manzili orqali Sizga bildirishnoma yuboriladi.

      Arizani ro‘yxatga olish rad etilgan taqdirda, arizada ko‘rsatilgan elektron pochta manzili bo‘yicha Sizga tegishli xabarnoma jo‘natiladi.

Quyidagi holatlar arizani rad etilish uchun asos bo‘ladi:

      1) ariza mazmunidagi ma’lumotlar noto‘g‘ri bo‘lganida;

      2) arizaga ilova qilingan hujjatlar sifati, mazmuni va texnik ko‘rsatkichlari o‘rnatilgan talablarga javob bermagan taqdirda.

      Ariza qabul qilingan taqdirda, Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga xorijiy fuqarolarni qabul qilish suhbat asosida amalga oshiriladi. Suhbatda xorijiy fuqarolarning dunyoqarashi, ularning huquqshunoslik kasbiga layoqati va motivatsiyasi hamda umumiy intellektual va ma’naviy-axloqiy darajasiga e’tibor qaratiladi.

Hurmatli xorijiy fuqarolar (MAGISTRATURA)!

      Ushbu platforma orqali Sizda Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul qilish to‘g‘risidagi arizangizni elektron shaklda yuborish imkoniyati mavjud.

      Siz yuborayotgan ushbu ariza rasmiy maqomga ega ekanligini va ariza to‘ldirayotgan vaqtda barcha ma’lumotlarni to‘g‘ri kiritishingiz kerakligini eslatib o‘tamiz.

      Barcha hujjatlar belgilangan talablarga muvofiq taqdim etilgan taqdirda, 72 soat ichida noyob raqam berish orqali Sizning arizangiz ro‘yxatga olinadi va bu haqda arizada ko‘rsatilgan elektron pochta manzili orqali Sizga bildirishnoma yuboriladi.

      Arizani ro‘yxatga olish rad etilgan taqdirda, arizada ko‘rsatilgan elektron pochta manzili bo‘yicha Sizga tegishli xabarnoma jo‘natiladi.

      Quyidagi holatlar arizani rad etilish uchun asos bo‘ladi:

      1) ariza mazmunidagi ma’lumotlar noto‘g‘ri bo‘lganida;

      2) arizaga ilova qilingan hujjatlar sifati, mazmuni va texnik ko‘rsatkichlari o‘rnatilgan talablarga javob bermagan taqdirda;

      3) bakalavriat bo‘yicha diplom tanlangan mutaxassisligingizga to‘g‘ri kelmaganda.

      Ariza qabul qilingan taqdirda, Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga xorijiy fuqarolarni qabul qilish suhbat asosida amalga oshiriladi. Suhbat:

      yurisprudensiya sohasida professional bilim va ko‘nikmalarini;

      ilmiy tadqiqot olib borishga bo‘lgan qobiliyatni;

   salohiyat darajasini (bilim va uquvni takomillashtirish, muammolarni hal qilishga noan’anaviy yondashuvi;

      odob-axloq qoidalari va prinsiplarini aniqlash uchun o‘tkaziladi.